Свернуть поиск
Atay qo'ng'iroqqa bermayman javob,
Atayin kechikib boraman ishga.
Urinaman atay tartib buzaroq
Dunyoni o'zimga ko'niktirishga.
Atay tig'iz damda xayollar surib,
Atay sokinlikda zerikadi jon.
Atay isyon payti sukutga cho'mib,
Atay sukut payti qilaman isyon.
Atay jilmayaman g'am boshga tushsa,
Atay quvonch kelsa bo'larman sipo.
Murosa qilsamda sen-la har lahza,
Atay shartlaringni buzarman, dunyo.
6 комментариев
4 класса
загрузка
Показать ещёДополнительная колонка
Правая колонка