Zo'r o'ynading oshiq rolini...
Zo'r o'ynading oshiq rolini,
Ishonarli chiqdi judayam.
Tanlab olib nayrang yo'lini,
"Bo'lyaptimi ko'changda bayram"?
Zo'r o'ynading oshiq rolini,
Ishoniblar chapak chalibman.
Roldan chetga chiqquning qadar,
Aldanganim bilmay qolibman.
Zo'r o'ynading oshiq rolini,
Sahna to'la sevgi uchquni.
So'ng... Vaxshiydek so'yding yurakni,
Tragediya* bo'ldi yakuni.
Zo'r o'ynading oshiq rolini,
Endi nega? Qayga ketyapsan?
Haaa tushundim! Sevgi sahnasin
O'zgasiga ijro etyapsan.
Zo'r o'ynading oshiq rolini,
O'zing shodsan, o'zgani qiynab.
Endi qalbda o'rin yo'q senga,
Yuravergin rolingni o'ynab...
Zo'r o'ynading oshiq rolini...
✍️ Maftuna Bahriddinova
🎤 Go'zal Norqulova